Qozog’iston Milliy Xavfsizlik Qo’mitasi (MXQ) Olma – otada Navro’zni nishonlash paytida odam gavjum joylarda terakt tayyorlashda gumon qilinayotgan shaxsni qo’lga oldi. Bu haqida shanba kuni boshqarma matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda “TASS”

Foto: Tengrinews

Xabarga ko’ra, 13 mart kuni xalqaro terrorchilik tashkiloti “Daesh” (Qozog’istonda taqiqlangan) tarafdori sudning roziligi bilan Olmaotada hibsga olingan.

“Hibsga olingan shaxs, Navro’z bayrami paytida aholisi ko’p bo’lgan joylarda terrorchilik xurujini tayyorlashda gumon qilinmoqda. Tergov davomida undan ikkita harbiy granata tortib olindi”, dedi Milliy xavfsizlik qo’mitasi, “Tengrinews” nashri yozishicha.

Ushbu shaxsga nisbatan Qozog’iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 255 (“Terrorizm akti”) va 258 (“Terroristik yoki ekstremistik faoliyatni moliyalashtirish va boshqa terrorizm yoki ekstremizmga sheriklik”) moddalari bo’yicha jinoiy ish qo’zg’atildi, deyiladi.

Tergov davom etmoqda.