Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan mamlakatimizning turli hududlarida xorijiy ish beruvchilar ishtirokidan mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, xorijda ishlash istagini bildirgan fuqarolar bilan mehnat shartnomasi tuzilgan edi, deya xabar bermoqda Migratsiya agentligi matbuot kotibi.

Foto: Migratsiya agentligi matbuot kotibi telegram kanali

Agentlik ko‘magida mazkur yarmarkalarda ishtirok etib, shartnoma tuzgan 34 nafar fuqaro 13 mart kuni Toshkent markaziy vokzali orqali Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahriga g‘isht teruvchilik sohasi bo‘yicha ishlash uchun tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketdi.