Avvalroq, Toshkent shahridagi «Samarqand darvoza» savdo majmuasi oldida o‘t o‘chirish moslamasi portlashi natijasida odamlar jarohatlangani xabar berilgandi.

Foto: Skrinshot

Holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan fuqarolar I.A., U.M., A.L., Z.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 250-moddasi (“Portlash xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish qoidalarini buzish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov davom etmoqda, aybdor shaxslar qonun oldida javob beradi, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.