Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Eron, Italiya va Janubiy Koreya rahbarlariga ushbu mamlakatlarda yangi turdagi koronavirus epidemiyasi tufayli yuzaga kelgan og’ir vaziyat tufayli hamdardlik bildirdi, deb xabar beradi “China Central Television”.

Foto: RIA novosti

Yaqinda Xitoy rahbari Eron, Italiya va Janubiy Koreya prezidentlari bilan telefon orqali suhbatlashdi. Ushbu uchrashuv chog’ida ushbu mamlakatlardagi og’ir epidemiya holati munosabati bilan butun Xitoy xalqi va hukumatidan samimiy hamdardlik bildirildi.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli uni epidemiya emas, pandemiya deb e’lon qildi. Bu virus bir emas, bir nechta davlatlarni to‘laqonli qamrab olganda e’lon qilinadigan holat hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID – 2019 deb ataldi. Virus bugungacha 145 davlatga kirib bordi. 

Koronavirus bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.

Ayni vaqtga qadar koronavirus bilan xastalanganlar dunyo miqyosida 145 810 kishini tashkil etmoqda 5 436 kishi virusdan vafot etdi. Shuningdek, 72 531 kishi ushbu xastalikdan forig‘ bo‘ldi.