Joriy yilning 13 mart kuni tungi vaqtda Jizzax viloyati hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lining dovon qismi 1011 km.da Bulung‘ur tumanida yashovchi B.T. “Zil” rusumli yuk avtomashinasida boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetiga ag‘darilgan. Bu haqida IIV YHXBB axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Natijada yuk avtomashinasi texnik shikastlangan, haydovchi baxtli tasodif tufayli tan jarohati olmagan.

Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘llarda harakatlanganda “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni, o‘zingiz va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasligingizni so‘rab qolamiz, deyiladi xabarda.