Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan yana ikkita bemor aniqlandi. Bu haqida Sog’liqni saqlash vazirligining rasmiy vakili Dias Axmetsharip ma’lum qildi, deb xabar beradi “Tengrinews”.

Foto: RIA novosti

1958 yilda tug’ilgan erkak Olma – otada . Xususiy tadbirkor. U Moskvadan parvoz bilan 10 mart kuni Olma – otaga uchib kelgan.

Nur – Sultonda bir ayolda ham koronavirus aniqlangan . U Varshavadan (Polsha) uchib keldi.

Hammasi bo’lib, Qozog’istonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan 6 bemor bor. 1090 kishi statsionar karantinda, 452 kishi uy karantinida, deyiladi xabarda.