“O‘zbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident farmoni e’lon qilindi.

Foto: Google

Farmon qurilish sohasida byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, innovasion g‘oyalar, ishlanmalar va ilg‘or axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, qurilishning barcha bosqichlarida shaffoflikni ta’minlash maqsadida yangi tartib o‘rnatishni ko‘zda tutadi.

Farmonga muvofiq, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Muhandislar-konsul’tantlar uyushmasi bilan birgalikda 2020 yil 1 mayga qadar kasbga muvofiqlik sertifikatlari berilishini ta’minlagan holda qurilish sohasi xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi.