Xorazm viloyatida uchta tumanga yangi hokimlar tayinlanishi mumkin. Bu haqida O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi raisi Aktam Xaitov ma’lum qildi.

Foto: Google

Hazorasp, Yangibozor, Yangiariq tumanlarida hokimlar o‘zgarishi va yangi Tuproqqal’a tumani tashkil etilishi kutilyapti.

Xorazm viloyati Matbot xizmati vakili hokimlar o‘zgarishi bo‘yicha hozircha aniq bir ma’lumot berilmagani, lekin bugun ushbu tumanlarning Xalq deputatlari kengashi sessiyasi o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi, deb yozadi “Qalampir”

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 – 13 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga safar qilgandi.