Turkiyaning Aksaray – Adana trassasida avtobus ishtirokidagi avtohalokatda kamida 40 kishi jarohat oldi. Bu haqida shanba kuni “Haber Turk” xabar berdi, deb yozmoqda “TASS”.

Foto: Google

O’t o’chiruvchilar va qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga borishdi. 

Halokat sabablari va boshqa tafsilotlar haqida ma’lumot hozircha olinmagan, deyiladi xabarda.