Janubiy Koreyada kuniga 107 ta koronavirus COVID – 19 infeksiyasi aniqlanib va kuniga 204 ta davolanish qayd etildi, kasallikni yuqtirganlarning umumiy soni 8086 kishiga yetdi, 72 kishi vafot etdi, deb xabar beradi mamlakat Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlari (KCDC).

janubiy koreya koronavirus
Foto: Yonhap axborot agentligi

Avvalroq 67 kishi o’lgani haqida xabar berilgan edi. Janubiy Koreya epidemiologik xavf darajasini eng yuqori darajaga ko’tarildi. Barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida o’qish boshlanishi 23 martga qoldirildi.

Seulda ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 238 kishiga, Tegu shahrida – 5990 kishi, Kyonsan provintsiyasida 1153 kishi, Gyeonggi-do provintsiyasida yana 200 kishi yuqtirgan. Pusan shahrida 100 ta holat mavjud. Barcha yuqtirganlarning kamida 4,8 mingi (59,9%) Sincheongji sektasi bilan bog’liq.

Umumiy olganda, mamlakatda 80% holatlar jamoaviy infeksiyalar bilan bog’liq.