Microsoft asoschisi Bill Geyts kompaniyaning direktorlar kengashidan ketadi, deyiladi kompaniya bayonotida.

Foto: RIA novosti

Hisobotga ko’ra, Geyts “xayriya ustuvorliklariga, shu jumladan global sog’liqni saqlash, rivojlanish, ta’limga ko’proq vaqt ajratish va iqlim o’zgarishiga qarshi kurashda faol ishtirok etish uchun” bunday qadamni qo’ydi”.

Kompaniya asoschisi bundan keyin ham Texnologiya bosh direktorining maslahatchisi sifatida ishlashni davom ettiradi.

2014 yilda ham Bill Geyts Microsoft direktorlar kengashi rahbari lavozimini tark etgan, uning o’rniga mustaqil direktor Jon Tompson tayinlangan edi.

Yanvar oyida Geyts “Forbes” jurnali ma’lumotlariga ko’ra dunyoning eng boy odamlari reytingida uchinchi o’rinni egalladi, uning boyligi 110,4 milliard dollarga baholandi. “Forbes” ma’lumotlariga ko’ra, 10 mart kuni dushanbada Microsoft asoschisi 3,8 milliard dollar yo’qotdi.