Bugungi holatga ko’ra, “Covid – 19” koronavirusi bilan kasallanganlar soni 140 ming 730 kishi, infeksiya qurbonlari soni 5,373 ming kishiga yetdi, 70 mingdan ortiq kishi tuzaldi, deya xabar beradi “South China Morning Post” gazetasi.

Foto: South China Morning Post

Juma kungi ma’lumotlarga qaraganda, dunyoda bemorlarning soni 18,339 ming kishiga ko’paydi, vafot etganlar – 797 taga.

Nashr tegishli mamlakatlarning rasmiy ma’lumotlari asosida vafot etgan va tuzalib ketgan bemorlar sonini elektron hisobini olib boradi.

Dunyoning 19 mamlakati va mintaqalarida: Gollandiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Shvetsiya, Avstriya, Belgiya, Qatar, Singapur, Gretsiya, Bahrayn, Malayziya, Avstriya, Kanada, Gonkong, Isroilda mingdan kam, ammo 100 dan ortiq bemorlarga xabar berilgan, deyiladi “Interfax” xabarida.

Avval xabar qilinganidek, JSST Bosh direktori Tedros Adhan Gebreysus dunyoda koronavirus tarqalishi davom etayotgani munosabati bilan pandemiya e’lon qildi.