IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi, Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi bu haqida xabar bermoqda.

Foto: Google

Joriy yilning 12 mart kuni “Dubay – Toshkent” yo’nalishi orqali I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi va Buhoro viloyati IIB TeQKB xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir olib borilgan

Tezkor tadbirlar natijasida 1994 yilda tug’ilgan, Qorako’l tumani, Bandboshi qishlog’ida ro’yhatda turgan, Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi (odam savdosi) va 223-moddasi 2-qismida (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O’zbekiston Respublikasiga kirish) ko’rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, 2018 yildan buyon qidiruvda bo’lgan  Z.Boboqulova qo’lga olingan.