Moskva koronavirus tufayli 16 martdan boshlab Yevropa Ittifoqi davlatlari, Norvegiya va Shveysariya bilan aviaqatnovlarda vaqtinchalik cheklovlarni joriy etadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

moskva aeroport reys
Foto: RIA novosti

Bu haqida infektsiyaning tarqalishini oldini olish boʻyicha tashkil etilgan tezkor shtab maʼlum qildi, deb yozadi nashr.

Shu bilan birga, YEI mamlakatlari poytaxtlariga muntazam reyslar, rossiyaliklarni va boshqa davlatlar fuqarolarini vataniga qaytarish uchun moʻljallangan charter reyslar bekor qilinmaydi.

Ushbu reyslar parvozni Sheremetyevo aeroportining F terminali orqali amalga oshiradi.

Sal oldin, juma kuni, Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus Yevropa yangi koronavirus pandemiyasi markaziga aylangani haqida bayonot qilgan edi.

JSST maʼlumotlariga koʻra, 13 mart holatiga koʻra jahonning 123 ta mamlakatida 136 mingdan ziyod koronavirusga chalinganlik holatlari qayd etilgan. Oʻlimlar soni 5 mingdan oshib ketgan.

Yevropada koronavirus tarqalishi boʻyicha birinchi oʻrinni Italiya egalladi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Appeninlarda 17,6 mingdan ziyod Covid – 19 bilan bemorlanish holatlari qayd etilgan, 1439 nafar bemor tuzalgan, qurbonlar soni 1266 nafarga yetgan.