Yevropa yangi turdagi koronavirus pandemiyasi markaziga aylandi. «RIA Novosti» yozishicha, Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus shunday bayonot berdi.

Foto: Google

Gebreyeusga xabariga ko‘ra, Xitoyni istisno qilganda, ayni shu qit’ada koronavirus yuqishi va o‘lim holatlari eng ko‘p qayd etilmoqda.

«Xitoyda epidemiya cho‘qqisiga chiqqan pallada ham kuniga bu yerdagichalik virus yuqishi va o‘lim holati kuzatilmagandi», – dedi Gebreyesus.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, 13 martga kelib dunyo bo‘yicha 123 mamlakat va hududlarda 136 ming kishi koronavirus bilan kasallangan. O‘lim holatlari besh ming nafardan oshib ketdi.

Yevropada koronavirus tarqalishi bo‘yicha yetakchi mamlakat Italiya bo‘lib qolmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Apennin yarimorolida COVID – 19 ni 15 mingdan ziyod inson yuqtirgan, 1015 kishi vafot etgan, 1258 nafar bemor tuzalib ketgan.