O‘zbekiston 14 mart soat 00:00 dan boshlab Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyadan aviareyslarni to‘xtatmoqda. Bu haqida, “Gazeta.uz” nashri xabar xabar bermoqda.

Foto: Sputnik

Shuningdek, Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Eron, Fransiya va Ispaniya fuqarolariga O‘zbekistonga kirish taqiqlandi.

Ushbu qarorlar O‘zbekistonda koronavirus xavfining oldini olish bo‘yicha tuzilgan maxsus Respublika komissiyasi tomonidan qabul qilingan.

Demak, 14 mart soat 00:00 dan keyin Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Eron, Fransiya va Ispaniya fuqarolari hamda bu mamlakatlarda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek so‘nggi 14 kun ichida ushbu 6 ta davlatlarga tashrif buyurgan barcha xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning barcha chegara punktlari orqali O‘zbekistonga kirishi taqiqlanadi.

Mazkur cheklovlar istisno tariqasida diplomatik va xizmat pasportlari egalariga, shuningdek O‘zbekistonga kirishdan oldin 14 kun ichida yuqoridagi mamlakatlarga bormagan shaxslarga qo‘llanilmaydi.

Zarur hollarda O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun ushbu mamlakatlarga charter reyslar tashkil yetilishi mumkin.