Rossiyaning «Magnit» supermarketlar tarmog‘i boshqaruvi vakili Kirill Piskunov, yirik zamonaviy issiqxonalar qurishga ixtisoslashgan «DMD – Tex» kompaniyasi direktori Maksim Goldberg hamda «MDK» OAJ boshqaruv kengashi raisi Amir Almuxametov bilan bo‘lgan muloqotda Namanganda meva – sabzavot yetishtirish hamda qayta ishlash tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda “Namangan haqiqati”.

Foto: Namanagan haqiqati

Rossiyalik hamkorlar tomonidan Namanganda yirik gidroponik issiqxonalar barpo etish hamda ushbu issiqxona va viloyat meva – sabzavotchilik xo‘jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlab, «Magnit» supermarketlar tarmog‘iga doimiy ta’minotni yo‘lga qo‘yish loyihasi taklif etildi.

«DMD – Tex» kompaniyasi Rossiya banklari hamda o‘z ta’minotchisi – «RUSAL» kompaniyasi mablag‘lari hisobiga Namanganda yirik gidroponik issiqxonalar barpo etadi.