Qozog’istonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni to’rtaga yetdi, dedi respublika Sog’liqni saqlash vazirligining rasmiy vakili Dias Axmetsharip.

Foto: RIA novosti

Juma kuni Qozog’iston Sog’liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov respublika fuqarolari orasida koronavirusning dastlabki uchta holati ro’yxatga olinganligini e’lon qildigan edi. Ijobiy natijalarni Germaniyadan kelgan ikki kishi va bitta Italiyadan kelgan kishida o’tkazilgan testlar ko’rsatdi.

“To’rtinchi holat – 1976 yilda tug’ilgan Qozog’iston fuqarosi. U Germaniyadan uchib kelgan”, – dedi Axmetsharip Qozog’iston telekanalida.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi koronavirusni pandemiya darajasida e’lon qildi. Dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridagi 136 mingga yaqin odam yuqumli kasallikka duchor bo’lgan, ularning aksariyati tuzalib ketgan, ammo 5 mingdan oshig’i vafot etgan.