Facebook’ning bir guruh faol a’zolari Milliy mass – mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyevaga videomurojaat yo‘llashgan edi. Saida Mirziyoyeva Facebook’dan videomurojaat yo‘llagan ayollar bilan uchrashganligi haqida ma’lum qildi.

Foto: Saida Mirziyoyeva rasmiy telegram kanali

Bir guruh faol ayollar ijtimoiy tarmoqlarda jamiyatning atrof-muhitga shafqatsiz munosabati masalasini ko‘tarib, uni oldini olish yuzasidan mavjud takliflarini men bilan muhokama qilmoqchi ekanliklarini bildirgan edilar.

Kuni kecha biz ular bilan uchrashdik. Ishni qanday tashkil qilish mumkinligini kelishib oldik. Umid qilamanki, biz jamoatchilik ko‘magi bilan mavjud muammolarga qarshi birgalikda kurashamiz va ularni bartaraf etamiz,
– deydi Saida Mirziyoyeva.