Turinning “Yuventus” klubi futbolchisi Paulo Dibala koronavirusga chalingani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Dibalaning o‘zi ma’lumot berdi.

Foto: Footboom

“Barchaga salom. Salomatligim yaxshi ekanligini ma’lum qilmoqchiman. Ayni paytda karantindaman. Menda koronavirus epidemiyasi aniqlanmadi. Meni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat aytaman”, deb yozdi Dibala o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasiga.

Eslatib o‘tamiz, Paulo Dibalaning jamoadoshi Daniyele Ruganida koronavirus aniqlangandi. 

Ma’lumot o‘rnida, ayni damda Italiya A seriyasi, La Liga, APL, Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va bir qator yirik musobaqalar koronavirus sabab to‘xtatildi.