Foto: Tengrinews.kz

Abayevning ta’kidlashicha, fojia, xususan, maishiy mojaroni millatlararo mojaroga aylantirmoqchi bo‘lgan fitnachilar tufayli ro‘y bergan. Hozirgi vaqtda Abayevning so‘zlariga ko‘ra, tergov harakatlari olib borilmoqda. Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev esa Respublika Bosh prokuroriga tergovni nazoratga olishni buyurdi. Shuningdek, Prezident bu holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida munosabat bildirib o‘tdi,deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Jambil viloyati, Korday tumani, Masanchi qishlog‘ida mahalliy vaqt bilan soat 20:00 atrofida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tgan edi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, tartibsizliklarda 70 ga yaqin kishi ishtirok etgan. To‘qnashuv paytida qurol ishlatilgani ham aytilmoqda.