Polsha armiyasi koronavirusga qarshi kurashda yordam uchun jalb qilindi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi. Bu haqida “RIA novosti” ma’lum qilmoqda.

polshada koronavirus
Foto: Depositphotos / Wb77

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, tasdiqlangan koronavirus bilan 63 bemor Polsha kasalxonalarida, bir kishi vafot etgan. Virusga chalinganlar orasida Polsha qurolli kuchlari bosh qo’mondoni general Yaroslav Mika ham bor deyilmoqda.

“Hududiy mudofaa qo’shinlari davlat chegarasida tekshiruvlar bilan bog’liq profilaktika choralariga jalb qilingan. Ular nazorat punktlarida fuqarolik ma’muriyatining harakatlarini qo’llab – quvvatlamoqda. Shuningdek, 14 aeroportda haroratni o’lchashda, hamda Polshaga kelgan yo’lovchilar uchun mahalliylashtirish kartalarini to’plash va saralashda yordam berishadi”, deyiladi xabarda.

Mudofaa vazirligidan tibbiy ma’lumotlarga ega bo’lgan 1100 nafar harbiy xizmatchi “koronavirusga qarshi kurashda yordam berishga tayyor”, deyiladi xabar so’ngida.