Xabaringiz bor, Iordaniyaning Amman shahri boks boʻyicha Tokio – 2020 olimpiadasiga litsenzion turnirga mezbonlik qildi. Oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustalaridan uch nafari oltin medalga sazovor boʻldi.Bokschilarimizdan Mirazizbek Mirzaxalilov, Elnur Abduraimov hamda Bahodir Jalolovlar oʻz vazn toifalarida tengsiz ekanligini isbotlashdi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati

Bokschilarimiz bugun tantanali ravishda Toshkent xalqaro aeroportida kutib olingan edi. Oltin medalni qoʻlga kiritgan Mirazizbek Mirzaxalilov Fargʻonada ham katta tantana bilan kutib olindi. Mirazizbekni viloyat hokimi kutib oldi hamda oltin medalni qoʻlga kiritib, Tokio – 2020 olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan bokschiga Nexia – 3 avtomobilini topshirdi. Bu haqida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Mirazizbek musobaqaning soʻngi jangida -57kg vazn toifasida iordaniyalik Muhammad Alvadiga qarshi ringga koʻtarildi va 5:0 hisobida yaqqol ustunlik bilan gʻalabaga erishdi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozim, 2019 yilning sentabr oyida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida Mirazizbek oltin medaliga sazovor boʻlib qaytgan edi.