Mahalliy O Dia nashriga ko’ra, COVID – 19 koronavirusining Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruda mavjudligi bo’yicha birinchi sinov natijalari ijobiy bo’ldi. Bu haqida “RIA novosti” xabar bermoqda.

Foto: RIA novosti

Avvalroq, Braziliya prezidenti ma’muriyatining jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha kotibiyati mudiri Fabio Vaynarten tomonidan koronavirus uchun o’tkazilgan testlar ijobiy natija bergani ma’lum bo’ldi. Shundan so’ng, Bolsonarning o’zi koronavirus testidan o’tdi.

Gazetaning yozishicha, dastlabki natijalar ijobiy bo’lgan.

Ta’kidlab o‘tamiz, rasmiy ravishda bu ma’lumot hali tasdiqlanmagan.