Yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishida 556/555-raqamli qo‘shimcha poezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Harakat jadvaliga ko‘ra, Toshkent – Urganch yo‘nalishida harakatlanadigan 556-raqamli yo‘lovchi poyezdi 2020 yil 20, 23 mart kunlari soat 14:40 da “Toshkent – Janubiy” temir yo‘l vokzalidan jo‘naydi. Urganch – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 555-raqamli yo‘lovchi poezdi esa 22, 24 mart kunlari soat 11: 26 da Urganch temir yo‘l vokzalidan jo‘naydi.