O‘zbekistonning Dehli shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra Hindiston Hukumatining qarori bilan COVID – 19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida 2020 yilning 13 martidan 15 apreligacha chet el fuqarolariga yangi vizalar berish va avval berilgan vizalarning amal qilishi to‘xtatib qo‘yildi. Bundan diplomatlar va BMT xodimlari mustasno. Bu haqida vazirlikning axborot xizmati xabar bermoqda.

Tashqi ishlar vazirligi TIV
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Shu bilan birga 2020 yil 15 fevraldan keyin Xitoy, Italiya, Eron, Koreya Respublikasi, Fransiya, Ispaniya va Germaniyaga borgan barcha shaxslar Hindistonga kelishlari bilan 14 kunlik karantinga joylashtiriladilar.

Shu munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga o‘ta zarurat bo‘lmasa Hindistonga borishdan tiyilib turishni tavsiya qiladi va vatandoshlarimizga mamlakatimizning Dehli shahridagi Elchixonasining telefon raqamlarini eslatib o‘tadi: (+9111) 24670774, 24670775, 24105640.