Joriy yilning 2 mart kuni Buxoro viloyati IIB YHXB YPX inspektori F.Mardonov tomonidan haydovchi Q.Sh.ga nisbatan mastlik holatida transport vositasini boshqarganligi yuzasidan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va haydovchi boshqaruvidagi “Nexia” rusumli transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, deb xabar bermoqda IIV YHXBB axborot xizmati.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Haydovchi Q.Sh. 10 mart kuni “Nexia” rusumli avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga Shofirkon tumani IIB YHXG ma’muriy huquqbuzarlik materiallarni ko‘rib chiqish bo‘yicha inspektori M.Xodjayevga pora taklif qilgan.

Xodimning bildirgisiga ko‘ra, fuqaro Q.Sh. 10 mart kuni soat 17:05 da M.Xodjayevning xizmat xonasida “Nexia” rusumli transport vositasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 300 ming so‘m pullarni pora tariqasida berib, M.Xodjayevning ish stoli tortmasiga solgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Q.Sh.ga nisbatan Shofirkon tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.