Munisa Rizayeva maʼmuri bilan birgalikda tayyorlagan videomurojaatini oʻz instagramdagi sahifasida joylashtirdi. Unda xonanda muxlislaridan xafa boʻlib, uni tovlamachilikda ayblashayotganligini iddao qilmoqda

Foto: Google

Xonanda va uning adminstratoriga koʻra, joriy yilning 8 mart kuni Xotin – qizlar kuni munosabati bilan Moskva shahrida Munisaning yakkaxon konsert dasturi uyushtirilgan. Ammo texnik sabablarga koʻra, konsert keyingi kunlarga surilib, bu muxlislar bilan xonanda oʻrtasida tushunmovchilik kelib chiqishiga sabab boʻlgan.

Xonanda adminstratori konsert kuni maʼlum boʻlgach, bu haqida reklama qilinganligi, ammo konsert boʻlib oʻtishi uchun hech kimdan hech qanday pul mablagʻini olmaganliklari, xonandani nohaq ayblayotganliklari, konsert uchun pul toʻlagan har bir muxlisga 12 mart kunidan boshlab pullari qaytarilishini maʼlum qilgan. 

Munisa esa oʻzi ham konsert tashkilotchilari oldida jabrlanuvchi boʻlib qolayotgani, uni tovlamachilikda ayblab, asossiz yer qilib tashlayotgan shu kabi muxlislari borligidan xafa boʻlganini aytmoqda.