Xalq taʼlimi vazirligi oʻquv dasturida belgilangan taʼtildan tashqari qoʻshimcha taʼtillar berilmaslini maʼlum qildi. Bu haqida “Sputnik” nashri yozmoqda.

Foto: O’zA

Maktab oʻquvchilari 21 mart kunidan navbatdagi taʼtilga chiqadi. Taʼtil oldindanrejalashtirilganidek – 7 kun davom etadi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus tufayli  21 martdan sentabr oyigacha maktablarda taʼtil eʼlon qilinishi haqidagi mish-mish tarqalgan edi. Xalq taʼlimi vazirligi mazkur maʼlumot notoʻgʻriligini maʼlum qiladi.