Avvalroq, Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq ikki holat qayd etilgani haqida xabar berilgan edi. Shu kunning o‘zida Qozog‘istonda virus bilan og‘rigan uchunchi bemor aniqlandi. Bu haqida qozoq matbuoti xabar bermoqda, deb yozmoqda “Qalampir” nashri.

rossiyada koronavirus
Foto: TASS

Ma’lum qilinishicha, uchinchi bemor – Italiyadan Nur – Sulton shahriga kelgan ayol. U samolyotdan tushiboq, karantinga olingan. 

Ayni vaqtda u bilan bir samolyotda kelgan 90 kishining ma’lumotlarini aniqlash ishlari olib borilmoqda. Ularning barchasi koronavirus testini topshiradi.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli uni epidemiya emas, pandemiya deb e’lon qildi. Bu virus bir emas, bir nechta davlatlarni to‘laqonli qamrab olganda e’lon qilinadigan holat hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID – 2019 deb ataldi. Virus bugungacha 127 davlatga kirib bordi.