Majburiy ijro byurosining Jizzax shahar bo‘limi texnik kuzatuv shu’basi mutaxassisi, 1982 yilda Baxmal tumanida tug‘ilgan A.A. “Jizzax tog‘konkimyo” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari A.U.dan MChJ binosida 250 AQSh dollari miqdorida pora olganida DXX va prokuratura xodimlari tomonidan ushlandi. Bu haqida Jizzax viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

MIB xodimi bino va inshootlarga ulangan elektr-energiyasini tarmoqdan uzmasdan turib, elektr-energiyasining tarmoqdan uzilganligi va qayta ulash yuzasidan davlatga undirilishi lozim bo‘lgan pullarni undirmaslik evaziga 2 million 300 ming so‘m pul talab qilgan.

O‘z navbatida MChJ mas’uli tegishli idoralarga murojaat qilgan va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan tezkor tadbir uyushtirilgan. Ayni vaqtda MIB xodimi hibsda.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210- moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.