Majburiy ijro byurosi davlat ijrochilari oʻz ish faoliyatlari davomida turli xildagi ijro hujjatlarining ijrosini taʼminlaydilar. Bu haqida “Xalq so’zi” yozmoqda.

Foto: Xalq so’zi

Jumladan, Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining 2020-yil 24-fevraldagi ijro varaqasida javobgar “Oqtepa fayz Savdo” MCHJ va boshqalardan “Orzu” savdo majmuasining 14 mlrd. 39 mln. soʻmlik mol-mulklari va bino inshootlarini “Orzu quvonchi” MCHJ hisobiga majburiy tartibda qaytarish belgilangan edi.

– “Orzu“ savdo majmuasi “Orzu quvonchi” MCHJ tomonidan 2009-yilda qurilgan, — deydi jamiyat direktori Rahmatulla Mengliqulov. — Jinoyat ishlari boʻyicha Qashqadaryo apellatsiya instansiyasining 2015-yil 28-dekabrdagi ajrimiga asosan bozor davlat egaligiga berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga qilingan murojaatlardan soʻng JIB sudlov hayʼatining ajrimiga asosan avvalgi ajrim bekor qilingan.

Shundan soʻng ishni JIB Samarqand viloyat sudi koʻrib chiqilib sud apellatsiya instansiyasining ajrimiga asosan davlat egaligiga oʻtkazish qismi bekor qilingan. 

Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Elmurodovning “Xalq soʻzi Online”ga maʼlum qilishicha, Ijro hujjati Byuroning Qarshi shahar boʻlimiga joriy yilning 4-mart kuni kelib tushgan va shu kunning oʻzida ijro ishini qoʻzgʻatish qarori qabul qilinib, ijro harakatlarini amalga oshirishga kirishildi. Joriy yilning 10-mart kuni olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida sud qarorida belgilangan mol mulk hamda bino inshootlari tadbirkor foydasiga toʻliq holatda olib berildi.