Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati faollari bilan uchrashuvda avtomobillar narxi oshirilganiga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Mana ko‘ryapsizlar, avtosanoatimiz rahbarlari mashinalar narxini oshirishga qaror qilgani odamlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu iqtisodiy jihatdan kerakdir, lekin hozirgi sharoitda to‘g‘ri emas. Biz xalqqa yengillik yaratishimiz lozim. Har bir qarorni yetti marta emas, yetmish marta o‘ylash zarur. Avvalo xalqimizning sotib oluvchanlik qobiliyatini mustahkamlash kerak”, deydi Prezident.

Davlat rahbari bozor iqtisodiyotiga o‘tish og‘irligi, lekin mamlakat shu yo‘ldan borishini ta’kidlagan.