Foto: O’zavtosanoat

Ushbu favqulodda vaziyat tufayli, Chevrolet Equinox avtomobilining yetkazib berilishi ham mintaqadagi epidemiya bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmagunga qadar kechiktirilishi mumkin,deyiladi xabarda

Chevrolet Equinox avtomobilini sotib olish uchun shartnoma pulini to‘lagan va avtomobil yetkazib berilishi qayta tiklanishini kutishni istamagan mijozlar belgilangan tartibda to‘langan summani qaytarib olishlari mumkin. Shuningdek, UzAuto Motors dilerlik markazlaridan boshqa har qanday avtomobilni sotib olish uchun shartnomani almashtirishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Chevrolet Equinox avtomobili uchun shartnomalar 2019 yilning 27 dekabridan e’tiboran kuni UzAuto Motors kompaniyasining O‘zbekistondagi barcha dilerlik do‘konlarida boshlangan.

Shuningdek kompaniya yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan va mijozlarning tushunishidan umidvorligini bildirgan. Mazkur avtomobilni yetkazib berishni qayta tiklanishi to‘g‘risida kompaniyaning rasmiy manbalarida xabar beriladi deyiladi xabarda.