2019 yilning sentabr oyida 36 yoshli B.T., 33 yoshli O.N. va 32 yoshli A.X.lar oldindan jinoiy til biriktirib, 37 yoshli J.I.ni aldab, uning ishonchiga kirib, unga tegishli “Lasetti” va “Nexia” rusumli avtomashinalarini oyma – oy to‘lash sharti bilan ijaraga olishib, J.I.ning ruxsatisiz avtomashinalarni boshqa shaxslarga sotib yuborganlar. Bu haqida IIV axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: IIV axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomnidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-kismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.