Qashqadaryo viloyat hokimi Z.Mirzayev hindistonlik tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Foto: Qashqadaryo

“Chemi Kleen India PVT Ltd” kompaniyasi rahbari Anupam Bxardvaj viloyat xokimiga samimiy qabul uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, Qarshi tumanida kompaniyaning filiali ochilishidagi hamkorlikdan mamnun ekanligini ma’lum qilgan. Bu haqida viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Shuningdek, u kelgusi yillarda xo‘jalik mollari va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasiga 1 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Qashqadaryo viloyatida yetishtirish va qayta ishlash orqali chet el bozoriga eksport qilish istagi borligini ham bildirib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Chemi Kleen kompaniyasi Yangi Dehli va Bahadurgarh shaharlarida o‘z zavodlariga ega bo‘lgan kompaniya bo‘lib, 1972 yilda asos solingan. Ushbu kompaniya Hindistonda kosmetika va tozalash vositalarini ishlab chiqaruvchi yirik eksporter kompaniya hisoblanadi. Kompaniya dunyoning yetakchi supermarketlar tarmog‘lari bo‘lmish Wal – Mart va Carrefour do‘konlariga tozalash va gigiyena vositalarini yetkazib beradi.