Bugun, 19-noyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Oliy va o‘rta-maxsus ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev joriy yilda texnikumlarning qabuliga oid savollarga javob berdi.

Foto: Google

Vazirlik vakiliga ko‘ra, texnikumlarda qabul rejasidan ortiq kelib tushgan hujjatlarni qo‘shimcha qabul qilishga ruxsat berilishi masalasida ota-onalar va abituriyentlarning takliflari tegishli vazirliklar va idoralar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taklif kiritiladi.

Qabul kvotasidan kam abituriyent topshirgan, lekin guruh shakllanishi uchun o‘quvchilar soni yetarli bo‘lmagan kasblarga hujjat topshirgan talabalar nima qiladi, degan savolga Farhod Babashev guruh shakllangan turdosh kasb va mutaxassisliklarga hujjat topshirish imkoniyatlari yaratilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, brifingda yozma imtihonga qatnashmagan talabalarga agar qabul kvotasida yetarli o‘rin bo‘lsa, shartnoma asosida o‘qishiga ruxsat etiladimi yoki yo‘q mazmundagi savolga ham javob berildi.

Professional ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham davlat granti, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihonda eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi.

Qolgan abituriyentlar ballar reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt parametrlari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar, – dedi vazirlik vakili.

Mavzuga doir:
Gidrometeorologiya sohasida kadr tayyorlovchi texnikum va fakultet tashkil etiladi – Prezident qarori
Kollej va texnikumlarga kirish imtihonlarining o‘tkazilish tartibi ma’lum qilindi