Oktabr oyida yevro xalaro to‘lovlar uchun eng ommabop valyutaga aylandi. Shu tariqa yevro 2013-yil fevralidan beri ilk bor dollarni quvib o‘tgan. Bu haqda Bloomberg nashri SWIFT ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Foto: Repost

SWIFT dunyoning 200 mamlakatidagi moliyaviy tashkilotlarning 11 mingdan ortiq transchegaraviy to‘lovlarini o‘rganib chiqqan.

Statistika ko‘ra, 37,8 foiz mijozlar va xalqaro tashkilotlarning to‘lovlari yevroda amalga oshirilgan. Dollarning ulushi 37,6 foizni tashkil qilgan.

Bloomberg nashri dollarning tushib ketishini koronavirus pandemiyasi tufayli xalqaro savdoning sekinlashishi va siyosiy beqarorlik bilan izohlagan. Ekspertlar dollarning bundan keyin ham pasayib borishini prognoz qilmoqda.

Keyingi o‘rinlarni Buyuk Britaniya funt sterlingi, Yaponi iyenasi va Kanada dollari egallagan.

Avvalroq, O‘zbekistonda chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 934 mln. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 67 mln. dollar yoki 8 foizga oshgani xabar qilingandi.