O’tgan kun davomida Rossiyaning 85 viloyatida rekord darajada 23 610 ta koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar berdi infeksiya tarqalishiga qarshi tezkor shtab.

Foto: TASS

463 bemor vafot etdi – bu bahordan beri eng yuqori ko’rsatkichdir. 25 573 kishi esa kasallikdan sog’ayib ketdi.

Shunday qilib, Rossiyada epidemiya boshlanganidan beri COVID-19 bilan kasallanganlar soni ikki million kishidan oshdi, ulardan 34,8 ming nafari vafot etganlar. O’sish darajasi 1,2 foizgacha tezlashdi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi.

Mavzuga doir:
Rossiyadagi migrantlarning patentlari muddati pandemiya yakuniga qadar uzaytirilishi mumkin
Rossiyalik mutaxassis antibiotiklar bolalar sog‘lig‘iga qanday ta’sir qilishini aytdi