Sevimli telekanalining “Zamon” informatsion – tahliliy dasturida yoqtirgan qizi tufayli jinoyatga qo‘l urgan yigitning sud hukmi haqidagi lavhani tayyorladi.

Foto: Izvestiya

Ma’lum bo‘lishicha, M. Mahammadjonov 2019-yilda Instagram orqali tanishib, bir necha marta uchrashib, yoqtirib uylanmoqchi bo‘lgan Pirmatova 2020-yil 26-may kuni unga turmushga chiqish fikridan qaytganini aytadi.

Shundan so‘ng Mahammadjonov joriy yilning 27-may kuni soat 11:00 larda Pirmatovadan o‘ch olish maqsadida Farg‘ona shahriga kelib, uning xonadoniga eshik ochiqligidan foydalanib kirib oladi.

Keyin yuvinishi xonasiga kirgan Pirmatovaning kelinoyisiga yonida bo‘lgan pichoq bilan og‘ir tan jarohati yetkazadi va yotoqxonaga olib kiradi. Baqirsa yoki nojo‘ya harakatlar qilsa, pichoq bilan yana jarohat yetkazishini aytib qo‘rqitadi.

Shundan so‘ng Karimova (tahr. Pirmatovaning kelinoyisi) Pirmatovani telefon orqali uyga chaqiradi. Pirmatova kelguniga qadar Karimovaning 2020-yil 5-mart kuni tug‘ilgan 2 oylik chaqalog‘ini uyning mehmonxonasiga olib kirib, yig‘isidan to‘xtata olmagani sababli chaqaloqni yostiq bilan dimiqtirib qasddan o‘ldiradi.

Pirmatova uyga yetib kelganidan so‘ng Mahammadjonov uning yuziga urib, pichoq bilan qorin va ko‘krak sohalariga urayotganida, qo‘shni uyda yashovchi Ibragimov eshikni taqillatib, IIB xodimlarini chaqirishini aytadi.

Bundan qo‘rqqan Mahammadjonov xonadondan chiqib, pichoqni pod’ezd yonidagi yerto‘la derazasiga qoldirib ketadi. Yaqin atrofda joylashgan avtomashinalarni yuvish joyida yuz-qo‘lini yuvib olgan Mahammadjonov “Matiz”ni yollab, Andijon shahriga qaytib ketadi.

M. Mahammadjonov Jinoyat kodeksining qator moddalari bilan aybli deb topildi va 20 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Mavzuga doir:
Farg‘onada YHXB xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Farg’onada 4-sinf o’quvchisi “Damas”da 2 yoshli qizaloqning umriga zomin bo’ldi