Rossiyaning “VEB.RF” kompaniyasi Oʻzbekistonda uglevodorodlar qazib olish sohasiga sarmoya kiritishga tayyor,deb xabar qilmoqda davlat korporatsiyasi matbuot xizmatiga tayanib Sputnik.

Foto: Sputnik

“”VEB.RF” Rossiya banklari bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan uglevodorod xom-ashyosi qazib olishning ikkinchi bosqichiga sarmoya kiritishga tayyor. Rejalashtirilayotgan sarmoyalar miqdori 650 million dollarni tashkil qiladi”, – deyilgan xabarda.

Ushbu haqidagi memorandum “Oʻzbekneftgaz” hamda VEB kompaniyasi rahbariyati orasida imzolangan. Rossiya tomonidan ushbu hujjatga VEB raisi oʻrinbosari Daniil Algulyan va Oʻzbekiston tomonidan “Oʻzbekneftegaz” boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev imzo chekishgan.

“Oʻzbekiston Respublikasi – VEB kompaniyasining bir qator yirik loyihalar boʻyicha eng yirk hamkorlaridan biri. VEB bilan hamkorlikda Oʻzbekistonga Rossiyaning yuqori texnologiyali mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Endi biz Oʻzbekistonlik hamkorlarimiz bilan neft-gaz sohasidagi loyihalarni amalga oshirmoqchimiz”, – dedi Algulyan.

Mavzuga doir:
“Sho‘rtan” konida kunlik 70 ming kub metr tabiiy gaz olinadigan quduq o‘zlashtirildi
Buxorodagi yangi quduqdan kunlik 150 ming kub metr tabiiy gaz olindi