Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2020-yilning dastlabki 9 oyida xorijdan qiymati 50,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,4 mln. dona shina sotib olgan.

Foto: Google

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 320,2 ming donaga yoki 8,6 mln. AQSh dollariga kam.

O‘zbekistonga yengil avtomobil shinasi asosan Xitoy davlatidan (34,4 mln. AQSh dollari) olib kirilgan.

O‘tgan 9 oy mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobil shinasi eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 34,8 mln.;
  • Chexiya – 8,7 mln.;
  • Korea Respublikasi – 5,3 mln.;
  • Rossiya Federatsiyasi – 1,0 mln.;
  • Turkiya – 0,5 mln. AQSh dollari.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda yengil avtomobil shinasi importi asosan, Andijon viloyati (36,9 mln.), Toshkent shahri (7,3 mln.) hamda Samarqand viloyati (4,4 mln. AQSh dollar) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga doir:
“Education First” mamlakatlar ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha hisobotini e’lon qildi
Oʻzbekistonda o’tgan toʻqqiz oy davomida salkam 650 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan