Samoa rasmiylari mamlakatda koronavirus infeksiyasining birinchi holatini qayd etishdi. Bu haqda “Samoa Observer” xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Mamlakat Bosh vaziri Tuilaepu Sailele Maliyelegaoining aytishicha, koronavirus aniqlangan odam dengizchi bo‘lib, u Yangi Zelandiyaning Oklend shahridan Samoaga kelgan. 

Qayd etilishicha, dengizchi to‘rt kun karantinda o‘tirgandan so‘ng koronavirusga test topshirgan va unda musbat natija aniqlangan. U ikkinchi bor test topshirganda esa, manfiy natija qayd etilgan.

“U zudlik bilan izolyatsiya qilindi. Ertalab soat 06:00 da ikkinchi test o‘tkazilganda esa, natija manfiy bo‘ldi”, – degan Bosh vazir. 

Samoa Bosh vazirining ta’kidlashicha, bemor hozirda shifoxonada. 

Ma’lumot o‘rnida, Tinch okeanidagi Samoa mamlakati COVID-19 kasalligi aniqlanmagan dunyodagi kam sonli mamlakatlardan biri hisoblanadi.

Mavzuga doir:
Olimlar COVID-19 bilan kasallanganlarda immunitet qancha saqlanishini aniqladilar
Pfizer koronavirus vaksinasi 95 foiz samaradorlik ko‘rsatganligini ma’lum qildi