Migrantlarning Rossiya hududida boʻlib turishlariga ruxsat koronavirus pandemiyasi yakuniga qadar uzaytirilishi mumkin, deb xabar qildi Rossiya inson huquqlari boʻyicha vakili Tatyana Moskalkova.

Foto: Sputnik

Bunday bayonot bilan Moskalkova Yevroosiyo alyansining IV yigʻilishida chiqish qilgan.

“Agar pandemiya davom etadigan boʻlsa, ichki ishlar vaziriga u bizni pandemiya yakuniga qadar qoʻllab-quvvatlashini soʻrab murojaat qilishga qaror qildik”, – degan u.

Bundan tashqari, ombudsman chet ellik fuqarolarga huquqiy amnistiya eʼlon qilishni taklif etdi.

“Bunday chora Rossiya hududida noqonuniy yoki qisman noqonuniy holatda boʻlib turgan migrantlarga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bu migrantlarning ommaviy davlat registratsiyasidan oʻtkazilishlariga yordam beradi”, – deb hisoblaydi Moskalkova.

Bundan tashqari, chet elliklar tomonidan jinoyat sodir etilmagani amnistiyaning muhim shartlaridan biri boʻlishi mumkin, deb qoʻshimcha qilgan ombudsman.

Oʻz chiqishi yakunida Moskalkova chet ellik ombudsmanlarini mamlakatda boʻlish toʻgʻrisidagi hujjatlarni uzaytira olmaydigan migrantlarning chiqarib yuborilishiga qarshi choralarni ishlab chiqishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan 2020-yil 18-aprelda qabul qilingan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining farmoniga muvofiq, mazkur davlat hududida chet el fuqarolarining qonuniy bo‘lishi huquqini beruvchi barcha hujjat, shu jumladan patentlarning amal qilish muddati 2020-yil 15-iyungacha uzaytirilgan edi.