Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxslarga nisbatan Dehqonobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Foto: RIA novosti

Qashqadaryoda shu yilning 1-noyabr kuni noma’lum shaxslar Dehqonobod tumani Dovkamar qishlog‘i hududidagi dala maydonidan fuqaro Abdulla X., va boshqa bir nechta fuqarolarga tegishli jami 10 bosh umumiy bahosi 66 000 000 so‘mlik yirik shohli qora mollarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan noma’lum tomonga yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxslarga nisbatan Dehqonobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida, ushbu o‘g‘irlikni 28 yoshli Homid K., 34 yoshli Ural Ch. va 31 yoshli Elmurod J.,lar sodir etganliklari aniqlanib, 10 bosh chorva mollar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Dastlabki tergov jarayonida, Ural Ch., Homid K., Elmurod J.,lar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan hamda ularga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:
Chirchiqlik fuqaroning yashash uyidan salkam 20 kg. giyohvand modda topildi
Yashash xonadonida katta miqdorda nasha saqlagan o‘rtachirchiqlik fuqaro qammoqa olindi