Isroil prezidenti Reuven Rivlin Falastin bilan munosabatlarda o‘zaro ishonchni mustahkamlab, yarashish lozimligini e’tirof etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Foto: RIA Novosti

Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdulatif Az-Zayoniy bilan Quddusdagi uchrashuvda prezident Isroilning Bahrayn bilan do‘stlik munosabati Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilishi mumkinligini aytgan.

“Isroil mintaqada tinchlik bo‘lishini istaydi. Falastin bilan birga yashash taqdirdan. O‘zaro ishonch bilan yarashish payti yetdi”,- degan Isroil prezidenti.

Rivlin, shuningdek, Isroil va Falastin o‘rtasida har tomonlama hamkorlik imkoniyatlari ko‘pligini ta’kidladi, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:
Falastin BAAdan elchisini chaqirib oldi
Falastinda 12 kunlik chaqaloq koronavirusdan vafot etdi