Shveysariyada joylashgan “Education First” xalqaro tashkiloti asosiy tili ingliz tili bo‘lmagan mamlakatlarda ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha yillik hisobotini e’lon qildi.

Foto: RIA Novosti

Tadqiqot 100 ta mamlakatdan jami 2,2 million kishi o‘rtasida o‘tkazilgan. Kishilarning ingliz tilini bilish darajasi “juda yuqori”, “yuqori”, “o‘rta”, “past” va “juda past” guruhlarga bo‘lib, baholangan. Unga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan O‘zbekiston “juda past” guruhdan joy olgan.

O‘rganilgan davlatlardan Niderlandiya, Daniya, Finlandiya, Shvetsiya, Norvegiya eng yuqori ball to‘plab, birinchi beshlikda turibdi. O‘zbekiston esa bu ro‘yxatda 88-o‘rinda.

“Education First” tadqiqotiga ko‘ra, ingliz tilini bilish darajasi O‘zbekistonda o‘tgan yilga nisbatan 7 darajaga o‘sgan. Oldin O‘zbekiston ushbu ro‘yxatning 95-o‘rnida edi.

Avvalroq, O‘zbekiston global ochlik indeksi bo‘yicha eng yaxshi mamlakatlar qatoridan joy olgani haqida xabar bergandik.