“O‘zgidromet” dam olish kunlari kuzatilayotgan ob – havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi axborot xizmati

Bugun respublikamizning shimoli-g‘arbiy tumanlari ustiga troposferadagi yuqori bosimli o‘rkach tarqaladi va juda iliq, kam bulutli va quruq ob-havoni yuzaga keltiradi.

Bugun respublikamizning katta qismida havo harorati 18-20 daraja iliqni tashkil qiladi, cho‘l zonasida havo 21-23 daraja iliydi, bu o‘rtacha ko‘p yillik harorat ko‘rsatkichlaridan 3-5 darajaga yuqoridir.

Dam olish kunlarida harorat yana ko‘tariladi va yakshanbaga kelib kechasi 9-12 daraja iliq, kunduzi 22-25 daraja iliq, mamlakatimiz shimoli-g‘arbida esa 27-28 darajagacha yetadi, bu harorat iqlimiy me’yordan 5-8 darajaga yuqoridir. Bunday havo mart o‘rtasiga qaraganda ko‘proq aprel’ oyi oxiri uchun xos.