SpaceX va Tesla kompaniyalarining bosh direktori Ilon Mask Bloomberg global milliarderlar reytingida “Facebook” asoschisi Mark Sukerbergdan o‘zib ketib, uchinchi o‘rinni egalladi, deb xabar berdi RBK.

Foto: Google

Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, 19-noyabr kuni Maskning boyligi 120 mlrd. dollarni, Sukerbergda esa 103 mlrd. dollarni tashkil qilgan. Birinchi o‘rin Amazon asoschisi Jeff Bezosga (183 mlrd. dollar) tegishli, reytingda 128 milliard dollarlik boylik bilan Microsoft asoschisi Bill Geyts turadi.

Maskning boyligi Tesla aksiyalari narxi ko‘tarilayotganligi sababli ortdi. Birja ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya aksiyalari 10,2 foizga qimmatlashib, bir aksiya uchun 486,64 dollarni tashkil etdi. Tesla aksiyalari yil oxiriga qadar S&P 500 ga qo‘shilishi haqidagi yangiliklar tufayli ko‘tarilmoqda.

Forbes ning real vaqt rejimida hisoblangan milliarderlar reytingida 19-noyabr holatiga ko‘ra Mask (105,4 mlrd. dollar) Sukerbergni (99,9 milliard dollar) ortda qoldirib, to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Ushbu reytingda ham Bezos yetakchi (182,4 mlrd. dollar), ikkinchi o‘rinda Louis Vuitton Moët Hennessy rahbari Bernar Arno (139 mlrd. dollar), uchinchi o‘rinda Geyts (118,6 mlrd. dollar).

Mask Tesla aksiyalarining 21 foiziga egalik qiladi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri ularning qiymati 460 foizdan oshdi, bu esa tadbirkorning boyligini sezilarli darajada oshirdi. Shunday qilib, sakkiz oy ichida, 18-martdan boshlab uning boyligi deyarli 76 mlrd. dollarga o‘sdi.

Mavzuga doir:
Mask vaksina qabul qilmoqchi emas
“Tesla” ikkita yangi budjet avtomobil modelini taqdim etadi