Joriy yil yanvar-oktabr davomida O‘zbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 4,88 mlrd. dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 148 mln. dollarga yoki 3 foizga kamaydi.

Foto: RIA Novosti

2020-yilning yanvar va fevral oylarida 2019-yilning mos davriga nisbatan mamlakatga kirib kelgan pul o‘tkazmalari miqdori ko‘p bo‘lgan, ammo keyingi oylarda birmuncha kamaygan.

Shuningdek, chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 934 mln. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 67 mln. dollar yoki 8 foizga oshdi.

Chet elga chiqib ketgan pul mablag‘lari ko‘rsatkichida esa joriy yilning aprel, may va iyul oylaridagina o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kam o‘tkazmalar amalga oshirilgan. Qolgan 7 oyda esa bu ko‘rsatkichlar birmuncha yuqori bo‘lgan.

Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 3,95 mlrd. dollarga yetdi.

Mavzuga doir:
Toshkentda banklardagi xizmatlar ko‘rsatish sifati iste’molchilar tomonidan baholandi
Go‘sht mahsulotlari narxi yil boshidan 15 foizga qimmatlagan
Aholi tomonidan dollar sotib olish uch baravarga oshdi